Brayan Mbeumo Robin van Persining natijasini takrorladi
26 jan 11:58
Yangiliklar
Brayan Mbeumo Robin van Persining natijasini takrorladi
Mbeumo "Arsenal"ga qarshi o'yinning birinchi bo'limida hisobni tenglashtirdi. U Martin Subimendining qo'pol xatosidan unumli foydalandi.
Qizig'i shundaki, Mbeumo — "Manchester Yunayted" safida "Arsenal", "Manchester Siti" va "Liverpul"ga Premer-liga bir mavsumida gol urgan ilk o'yinchi bo'ldi — bundan avval buni Markus Reshford 2022/23 yilgi mavsumda amalga oshirgandi.
Bundan tashqari, 26 yoshli kamerunlik futbolchi jamoadagi debyut mavsumida ushbu natijaga erishgan Robin van Persidan (2012/13 yilgi mavsum) keyingi birinchi futbolchi bo'ldi.
Mbeumo yozda "Brentford"dan 75 mln evro evaziga "Old Trafford"ga ko'chib o'tdi. Hozirga qadar u 19 o'yinda 8 ta gol va 1 ta golli uzatmani qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Родри дисквалификация қилиниши мумкин
Fikrlar