Klopp: "Diogu nafaqat fantastik futbolchi, balki ajoyib do'st, mehribon er va ota edi!"
03 iyu 2025 19:20
Yangiliklar
Klopp: "Diogu nafaqat fantastik futbolchi, balki ajoyib do'st, mehribon er va ota edi!"
"Liverpul"ning sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp "qizillar" hujumchisi Diogu Jotaning o'limi haqidagi xabardan yuragi ezilayotganini aytdi.
"Bu lahzani engib o'tishim qiyin! Bundan yuqori maqsad bo'lishi kerak! Lekin men buni ko'rmayapman!
Diogu va uning ukasi Andrening o'limini bilib, yuragim ezilib ketdi. Diogu nafaqat fantastik futbolchi, balki ajoyib do'st, mehribon er va ota edi! Biz seni juda sog'inamiz!
Mening barcha ibodatlarim, fikrlarim va kuchlarim Rute (Jotaning rafiqasi – tahr.), farzandlari, oilasi, do'stlari va ularni sevgan barchaga!
Ruhing xotirjam bo'lsin", – dedi Klopp.
Avvalroq Ronaldu Diogu Jotaning fojiali vafotiga munosabat bildirgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar