So’nggi yangiliklar

15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  0 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  1 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  3 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  1 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  1 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  4 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  10 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  10 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1

MYU sobiq murabbiyi Sancho haqida: "U mashg'ulotlarda eng zo'rlaridan biri edi, lekin..." Yangiliklar

MYU sobiq murabbiyi Sancho haqida: "U mashg'ulotlarda eng zo'rlaridan biri edi, lekin..."

"Manchester Yunayted"da ishlagan murabbiyi Benni Makkarti mankunianliklar tarkibida qo'nim topa olmagan Jeydon Sancho haqida gapirdi.

Makkarti 2022-2024 yillarda Erik ten Xag murabbiylar shtabida ishlagan.

"Jeydon mashg'ulotlarda eng zo'rlaridan biri edi. U jamoaga aqlbovar qilmas sifat, qobiliyat va mahorat bilan kelgandi.  U bizni hayratda qoldirishi va istalgan joyda to'xtab, o'ziga savol bera olishi kerak edi.

Menimcha, yopiq odamligi sababli u o'ziga o'zi yordam bera olmadi. U o'zi boshqalar bilan do'st bo'lishni istamadi, u mashg'ulotlarda hazillashmasdi, doimo jim bo'lib yurardi.

Uning mahoratidan kelib chiqib, mashg'ulotlarda muammolar bo'lgan deya olmayman. U o'zi tabiatan odamovi bo'lgan, mashg'ulotlar tugashi bilan hech kimga gapirmasdan uyiga ketardi. U juda yopiq odam.

Erik ten Xag esa uni doimo eng yaxshi jismoniy holatda bo'lishini istardi. Dushanbadan jumaga qadar, har kuni... Menimcha istalgan murabbiy shunday bo'lishini istaydi va futbolchilariga doimo imkoniyat beradi. Qachonki barchasi chegaradan o'tib ketsagina o'rtada muammolar bo'lishi kerak.

Murabbiy sifatida Jeydon haqida yomon gaplar gapira olmayman. Uning mashg'ulotlardagi harakatlari menga yoqardi, unga qarshi o'ynaganlarga esa doimo qiyin bo'lgan", - dedi Makkarti.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика