So’nggi yangiliklar

05:40Жорже Жезус: "Ғалаба қозонишимиз шарт"  1 05:00Педру Морейра: "Биз орзумизда яшамоқдамиз"  3 04:30Жонатан Лукка: "Ал Ҳилол" катта ном, аммо..."  3 02:10Рэтклифф: "Баъзи футболчиларга керагидан кўп маош тўланяпти"  5 01:27"Ал Садд" ҳам 3та гол уриб, чорак финалга йўл олди  3 01:05ОФК ЭЧЛ. "Ал Насср" йирик ғалаба билан кейинги босқичга йўл олди  24 00:14Куртуанинг 50 ёшли собиқ қиз ўртоғи: "У ўғлига етарлича эътибор бермаяпти"  9 23:56Диёр Холматов: "Дуранг режаси? Йўқ, биз фақат ғалаба учун майдонга чиқамиз"  6 22:49"Манчестер Сити" "Реал" футболчисига қизиқиш билдирмоқда  4 21:54Озарбайжон. "Сумқайит" йирик ғалабага эришди, Абдихолиқов ва Жалолиддинов учрашувда иштирок этишди  0 21:29"Олтин тўп" учун асосий даъвогар ким?  20 20:48Ар-Риёдга етиб келган "Пахтакор" делегацияси "Реал" яшаган меҳмонхонага жойлашди  28 20:32Россия терма жамоаси Гренадага қарши ўртоқлик ўйини ўтказади — манба  13 20:08Левандовски "Барселона"нинг умумий гуруҳига қайтди  0 19:45U21 биринчилиги. "Шўртан"дан суперкамбэк, "Насаф" сўнгги дақиқада ғалабага эришди ва бошқа натижалар  0

Milan Mitrovich: "Nasaf" bilan o'yinda bizning golni hisobga olishmagandi. VAR gohida yordam bermoqda, gohida esa aksi" Yangiliklar

Milan Mitrovich: "Nasaf" bilan o'yinda bizning golni hisobga olishmagandi. VAR gohida yordam bermoqda, gohida esa aksi"

Jizzaxning "So'g'diyona" jamoasi Superliganing 14-turida "Navbahor"ni 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

Ushbu bahsda mezbonlar posboni Milan Mitrovich juda yaxshi o'ynadi. U bellashuv davomida jamoasini bir necha bor muqarrar gollardan saqlab qoldi. SHu bois Championat.asia sayti talqiniga ko'ra, 14-turning eng yaxshi darvozaboni Milan Mitrovich bo'ldi. Biz bu borada serbiyalik kiperning fikrlari bilan qiziqdik.

"Navbahor" bilan oson bo'lmagan o'yinni o'tkazdik. Boz ustiga biz o'z maydonimizda to'p tepganimiz yo'q. Raqib esa ikkinchi davrada o'z safiga bir qator tajribali legionerlarni qo'shib olgani bois etarlicha qarshilik ko'rsatishi kutilgandi. Jamoamizda qaysidir manoda ruhiy tomondan bosim bor edi, deya olaman. Oldingi to'rtta turda turnir jadvalidagi raqobatchilarimiz bilan o'ynagandik. Fikrimcha, "Navbahor" darvozasiga o'z vaqtida yo'l topa olganimiz foydamizga ishladi. Goldan so'ng reja o'zgardi va ko'proq himoyaga etibor qaratildi. Yaxshi himoyalandik va yakunda g'alaba bizga nasib qildi. Maqsadimiz sari intilishda davom etamiz.

VAR tizimiga izoh bermagan bo'lardim. "Nasaf" bilan o'yinni yaxshi eslasangiz, biz gol urdik. Lekin hakamning yakuniy qaroridan so'ng golimiz bekor bo'ldi. Natijada mavsumdagi ilk mag'lubiyatni qabul qilib oldik. VAR tizimi joriy qilingandan beri  futbolda ko'p narsa o'zgarib ketdi. Bu borada fikr bildirish bizning vakolatimizga kirmaydi. Har kimning o'z qarashi bor. VAR gohida yordam bemoqda, gohida esa aksincha. Futbol shunisi bilan qiziqarli sport turi hisoblanadi",- deydi Mitrovich.

Superliga. 14-tur laureatlari

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика