So’nggi yangiliklar

00:34Месси Баджодан Италиянинг 1994-йилги ЖЧ либосини совға сифатида олди  3 23:59Мбаппе иситма туфайли "Реал" машғулотида қатнашмаяпти. Эртага "Ал-Ҳилол" билан ўйин  1 23:39Доннарумма FourFourTwo талқинига кўра дунёнинг энг яхши дарвозабони  3 23:04КЖЧ. Танташев бошқарган ўйинда "Боруссия Д" ва "Флуминенсе" дуранг қайд этишди  1 22:48Хвича Кварацхелия: "Менга Роналдунинг ўйини ёқади, лекин Месси бошқа сайёрадан"  8 22:23Тебас "Барселона" янги футболчиларни рўйхатдан ўтказишга ҳали тайёр эмаслигини маълум қилди  4 21:48"Андижон" клубининг янги базаси ишга туширилди  9 21:25Тебас Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати ҳақида: "Бу турнирдан қутулиш керак, яна бир турнир учун жой йўқ"  17 20:52Даҳшатли автофалокатга учраган Антонио етти ой деганда майдонга қайтди  0 20:21Индзаги Б Серия клубига бош мураббий бўлди  6 20:01"Ливерпуль" Малик билан музокараларни бошлади  0 19:39Рамос: "Беш йилдан кейин Мбаппе 4-5 та "Олтин тўп"га эга бўлади"  14 19:15Ди Мария: "Бока Хуниорс" мухлисларининг ҳуштакбозлиги? Бу – футбол, ҳаммасини тушунамиз"  1 18:48Фаластинлик футболчи Исроил ҳужуми оқибатида ҳалок бўлди  15 18:21Роналду Трампга дастхати туширилган либосини ҳадя қилди  14

Pedru Moreyra: "Biz orzumizda yashamoqdamiz" Yangiliklar

Pedru Moreyra: "Biz orzumizda yashamoqdamiz"

"Paxtakor" bosh murabbiyi Pedru Moreyra va yarim himoyachi Jonatan Lukka Elit Osiyo Chempionlar Ligasi nimchorak finalidan o'rin olgan "Al Hilol"ga qarshi bahs oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Barchaga xayrli tun. Biz qiyin bahs bo'lishini bilamiz. Ayniqsa safardagi bahsdan so'ng. "Al Hilol" o'ta kuchli jamoa. Raqibimiz har doim o'yinni nazorat qilishga va to'pga egalik qilishga intiladi, ayniqsa o'z uyida o'ynayotganida. Raqibimiz juda kam gol o'tkazib yuboradi, hattoki Elit ligada.

Birinchi uchrashuvda biz "Al Hilol"ni to'xtatib qola oldik. Toshkentda biz ajoyib o'yin o'tkazgandik va bunday kuchli raqibga etarli muammolar yaratgandik. Ertaga yaxshi futbol ko'rsatishga va imkon qadar o'z maqsadimizga erishishga harakat qilamiz" - deya fikr bildirdi Pedru Moreyra ertangi uchrashuv oldidan.

- Jorje Jezusning jamoasiga qarshi tayyorgarlik ko'rish qanchalik qiyin kechdi? Siz bunga qadar "Braga" va "Portu" jamoalarida ishlagan vaqtingizda Jorje Jezus bilan to'qnash kelgansiz... 

- Birinchi navbatda shuni takidlab o'tishimiz kerakki, biz juda kuchli mutaxassis haqida fikr bildiryapmiz. Jorje Jezus ushbu musobaqada ishtirok etayotgan jamoalarning murabbiylari ichida eng ko'p sovrin yutgan mutaxassis hisoblanadi. Men bu haqda o'tgan o'yin oldidan aytgandim. Bu murabbiyning darajasi qanday ekanligini aniqlab beradi. Shuningdek, Jorje Jezus o'tgan mavsum "Al Hilol" bilan mag'lubiyatsiz seriya bo'yicha jahon rekordini o'rnatdi. Jorje Jezus men uchun yangi inson emas. Men u bilan bunga qadar ishlaganman, ammo bu haqda gapirishni istamayman(kuladi). Men Jezusni qattiq hurmat qilaman, ammo biz raqiblarmiz. Biz yangi jamoa sifatida ertaga maydonda ikki yildan buyon birga o'ynab kelayotgan tarkib va jamoaga qarshi maydonga chiqamiz. Biz buni tan olishimiz kerak.

O'tgan bahsda biz ajoyib o'yinimiz bilan "Al Hilol"ni taslim eta oldik. Raqibga imkoniyat bermadik. Toshkentdagi bahsda raqibimiz bor-yo'g'i bitta aniq zarba amalga oshirgan edi. Ertaga esa umuman boshqa scenariy ostida o'yin bo'ladi. Ular o'z uyida qanday o'ynashidan xabardormiz.



- "Al Hilol" o'z uyida "dahshatli" o'yin namoyish etadi, ammo dastlabki uchrashuvda jamoangiz g'alaba qozongan. Toshkentda qayd etilgan natija futbolchilaringizga ruhiy tomonlama ustunlik bermoqdami?

- Eslasangiz, o'tgan hafta mendan "Al Hilol"ga qarshi qanday o'yin uslubini tanlaysizlar, himoyaviymi yoki hujumkor deb so'rashgan edi. Biz barcha scenariylarga tayyorgarlik ko'ramiz. Bu Elit OCHLning pley-off bosqichi va raqiblar darajasi o'ta yuqori. Biz uzoq davom etadigan mavsumga tayyorgarlik ko'rmoqdamiz, ammo dastlabki o'yinlarimiz Elit OCHLga to'g'ri keldi. 

Futbolchilar birlashdi va bir oila bo'la oldi. O'z kuchimizga va namoyish etayotgan futbolimizga ishondik. Biz allaqachon ushbu holatda g'olibmiz. Biz pley-off bosqichiga eng so'nggi jamoa bo'lib yo'l oldik. Jadvalda sakkizinchi o'rinni qo'lga kiritgandik. "Al Hilol" esa guruh bosqichini birinchi o'rinda yakunladi. Kelajakda ham shunday davom etishimiz kerak. O'yin davomida o'zgarishlarga qo'l uramiz va yangicha yo'nalishlarni izlaymiz. Biz kelajagimiz uchun kurashishimiz kerak.

Jonatan aytgan gaplarga ham to'xtalib o'tsam. "Al Hilol" jamoasining bir nechta uy uchrashuvlarini tomosha qildim. Muxlislar o'z suyuklilarini yaxshi qo'llab-quvvatlashar ekan. Ertaga bizga qiyin bo'ladi, lekin "Paxtakor" muxlislari ham stadiondan turib bizni qo'llab-quvvatlashadi. Bu biz uchun juda muhim. Men o'zbekistonlik insonlar bilan yaqinroq bo'la oldim va bu men uchun eng katta g'alaba. 

- Bilaman, siz o'yinchilarning individual mahoratiga etibor berishni xush ko'rmaysiz, sababi futbol jamoaviy o'yin. "Al Hilol" jamoasidagi qaysi futbolchilarni individual taraflama kuchli deb o'ylaysiz? Qaysi futbolchi "Paxtakor" uchun ko'proq xavf tug'dirishi mumkin?

- Ushbu mavzu bo'yicha gapiradigan bo'lsam, suhbatimiz tongga davom etadi. Men darvozabondan boshlab to futbolchiga qadar gapira olaman. "Al Hilol" mintaqadagi eng kuchli jamoalardan biri. Buni hamma biladi. Biz raqibni o'rganib chiqqanmiz. "Al Hilol" tahlil qilish qiyin emas, ammo ularni to'xtatib qolish qiyin. Biz raqibning kuchli va kuchsiz tomonlarini o'rganib chiqdik. Biz oxirigacha kurashishimiz kerak bo'lgan vaziyatdamiz. Men bu tarifni ishlatishni istamayman, ammo biz hozir, men klubga endi kelgan davrimdagi orzuda yashamoqdamiz. Biz hozir orzumiz bo'lgan voqeiylikdamiz. Men klubga kelganimda ko'p bo'lmadi, men bu erdagi yangi mutaxassisman. Men klubni o'rgandim, keyin futbolchilarni, mamlakatni. Men portugaliyalikman, ammo O'zbekiston bayrog'i uchun ham javobgarman. Biz hozir bu jarayondan rohatlanishimiz kerak va shunchaki o'zimizning futbolni namoyish etsak bo'lgani.

- "Paxtakor" uchun ertangi uchrashuvdagi eng qiyin jihat qaysi bo'lishi mumkin? Masalan, erta gol o'tkazib yubormaslik va hokazo.

- Mening fikrimcha, muxlislar yaratadigan atmosferada o'ynash. "Al Hilol" muxlislari o'z jamoasini yaxshi qo'llab-quvvatlaydi. Ertaga muxlislar bizga katta bosim qilishadi. Biz ushbu bosimni engib o'tishimiz kerak. Bularning barchasi "Paxtakor" jamoasining kelajagi uchun qilinmoqda.

- "Paxtakor" jamoasining hujumdagi o'yini asosan Flamarion va Riaskos atrofida qurilmoqda. Zaxira haqida nima deya olasiz? O'yinda burilish yasash kerak bo'lsa-chi?  Chunki avvalgi ikkita o'yinda “Paxtakor” g'alaba qozonayotgani hisobiga zaxira potencialini ko'rish imkoni bo'lmagandi...

- Ha, albatta. Agar qaysidir futbolchi o'yinni kuchaytira olmaganida, u jamoa bilan birga bu ergacha kelmasdi. Biz 11 kishi bo'lib o'ynaymiz. Muhimi, gol o'tkazib yubormaslik, gol o'tkazib yubormasak g'alabaga yaqinroq bo'lamiz. Hatto hujumchilar ham himoyaga yordam berishi kerak. Men o'z jamoam o'yini haqida qayg' uraman. Bizning rejamiz va uslubimiz qanday bo'lishi haqida. Biz nafaqat ertangi bahs, balki Superliga bahslariga ham tayyorgarlik ko'rib boryapmiz. Bizni oldinda uzun mavsum kutib turibdi va men o'z jamoamga to'liq ishonaman. Mavsum davomida biz qanday o'yin namoyish etishimiz va nimalarga qodir ekanligimizni bilib olasiz. Etibor uchun barchaga rahmat.




Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика