"Milan" Gyotceni qo'lga kiritishi mumkin
26 mar 2020 00:41
Yangiliklar


"Milan" Gyotceni qo'lga kiritishi mumkin
"Borussiya" yarim himoyachisi Mario Gyotce Dortmund klubini tark etishga yaqin turibdi.
"Correire dello Sport" nashri xabariga ko'ra, "Milan" mutasaddilari ayni paytda 27 yoshli xavbek bilan shartnoma imzolash variantini ko'rib chiqyapti. Yozda "Borussiya" bilan shartnomasi nihoyasiga etadigan Gyotce italyan klubi safiga (erkin agent sifatida) qo'shilishi mumkin.
Malumot uchun, Bundesliganing joriy mavsumida 13 o'yinda maydonga tushgan Gyotce 3 bor raqiblari darvozasini ishg'ol qilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar