"Milan" futbolchisi PSJ bilan 5 yillik shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi
03 iyu 2020 12:47
Yangiliklar


"Milan" futbolchisi PSJ bilan 5 yillik shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi
"Milan" yarim himoyachisi Ismael Bennaser "Pari Sen-Jermen" bilan kelishuvga erishdi.
Parijliklar uning shartnomasini "Milan"dan sotib olishmoqchi va 22 yoshli jazoirlik futbolchi Franciya grandi bilan 5 yillik shartnoma imzolashga tayyor.
Bennaserning "Milan" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar mo'ljallangan. "Qizil-qoralar" futbolchining transferidan 50 million evro ishlab olmoqchi, ammo PSJ faqatgina 30 million taklif qilmoqda. Muzokaralar esa davom etmoqda.
Futbolchi joriy mavsum jamoa safida 23ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar