Migel Errera: Umid qilamanki, Proensa ham xuddi biz kabi uyga ketadi
30 iyu 2014 11:39
Yangiliklar
Migel Errera: Umid qilamanki, Proensa ham xuddi biz kabi uyga ketadi
Meksika terma jamoasi bosh murabbiyi Migel Errera Gollandiyadan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng (1:2) bosh hakam Pedru Proensani tanqid qildi.
– To'rtta o'yinning uchtasida hakamlik rasvo bo'ldi. Kamerunga qarshi o'yinda ikkita golimizni hisobga olishmadi, Xorvatiyaga qarshi bahsda raqib darvozasiga penalti belgilashmadi.
Endi Robben jarima maydonimiz ichida uch marta yiqilib oxiri 11 metrli jarima to'pini ishlab oldi.
Jahon chempionati o'yinlariga boshqa qita hakamlarini tayinlash kerak. Gollandiyaga qarshi o'yinni Janubiy Amerika, Osiyo yoki Afrikadan kelgan hakamlar boshqarsa bo'lardi. Har qanday bahsli vaziyat raqib foydasiga qabul qilinaverdi.
Portugaliyalik hakam Jahon chempionatida boshqa ishlamasligi kerak. Umid qilamanki, bu jentlmen xuddi biz kabi uyiga ketadi, – deydi Errera.

Fikrlar