So’nggi yangiliklar

15:05Винисиус Хаби Алонсо ҳақида қандай фикрда?  0 14:36Англиянинг 3 та клуби Гарначога қизиқмоқда  0 14:07"Барселона" Гави борасида бир қарорга келди  0 13:39Мюллер: "Бавария" ҳаво иссиқлигига қарамай, "Окленд Сити" билан ўйинда яйради"  0 13:12Руслан Жиянов: "Чемпионлик учун охиригача курашамиз"  9 12:55Акмал Мозговой: "Ҳар бир жамоа бизга қарши борини бериб ўйнайди"  7 12:40"Жаҳон чемпионатида Ўзбекистон ва Украина беллашувини кўришни истардим" – Максим Шацких билан катта интервью  12 12:27Эшитдик-да! "Нефтчи" Ўзбекистон МТЖнинг икки аъзосига қизиқмоқда  15 12:06"Манчестер Сити"га янги келган Шерки: "МЮни йўқ қилиш учун улар билан ўйинни кутяпман"  14 11:39Симеоне: "Энрике таркибни кучайтириши керак бўлганида, ПСЖ вингер учун 70 млн евро сарфлади"  4 11:11Гравина: "Гаттузо – Италия футболининг рамзи"  0 10:41“Арсенал“ 19 ёшли футболчи учун курашда “Челси“ни "енгди"  6 10:08ПСЖ украиналик футболчининг трансфери учун қанча сарфлаши маълум  1 09:35ЦСКА вингери Туркия клубига ўтиши мумкин  3 09:04“У футбол ва футбол учун яшайди.“ Карлес Пуйоль Роналду ҳақида  6

"Metallurg": Assalom futbol bahori! Yangiliklar

"Metallurg": Assalom futbol bahori!

Teglar :  Metallurg
Nihoyat futbol ishqibozlari orziqib kutgan onlar etib keldi.

O'zbekiston XXV milliy chempionati eshik qoqmoqda. 5 mart kuni respublikamizning beshta stadionida yangi mavsumning bayroqlari ko'tariladi. Bekobod shahrimizdagi “Metallurg” stadionida maydon egalari – “Metallurg” Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasini qabul qiladi. Biz barcha futbol ishqibozlarini, “Metallurg” jamoasining fidoyi muxlislarini yangi mavsum bilan, futbol bahorining boshlanishi bilan samimiy tabriklaymiz! “Metallurg” jamoamizga esa O'zbekiston XXV milliy chempionat o'yinlarida omad yor bo'lishini tilaymiz. CHiroyli, g'alabali o'yinlaring bilan ishqibozlaringni shod et, “Metallurg”!

Bu yilgi ishtirok “Metallurg” jamoasining mamlakat chempionatlaridagi 19-mavsumi bo'ladi. Ortda qolgan chempionatlar davomida bekobodliklar jami 524 ta uchrashuvda maydonga chiqishgan. SHularning 167 tasida “Metallurg” futbolchilari g'alaba qozonishgan. 106 o'yinda kuchlar teng kelgan bo'lsa, 251 ta uchrashuvda raqiblar zafar quchishgan. Kiritilgan va o'tkazib yuborilgan to'plar farqi: 651-860. O'zbekiston chempionatlarida “Metallurg” jamoasi 607 ochko jamg'argan.

“Metallurg” O'zbekiston chempionatlari tarixidagi eng yaxshi natijani 2002 yilda qayd etgan, 30 ta o'yinda 48 ochko jamg'argan bekobodliklar musobaqa jadvalining 5-o'rinidan joy egallashgan. O'tgan mavsum esa sevimli jamoamiz 30 ta uchrashuvda 39 ochko jamg'argan holda 9-o'rindan joy egalladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика