Messi, Neymar va Mbappe "Makkabi" bilan o'yin uchun 7 bahoga loyiq ko'rildi
15 sen 2022 16:21
Yangiliklar


Messi, Neymar va Mbappe "Makkabi" bilan o'yin uchun 7 bahoga loyiq ko'rildi
UEFA Kilianni o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb topdi.
Lionel Messi, Neymar va Kilian Mbappe PSJ safida Xayfaning "Makkabi"siga (3:1) qarshi o'yinda eng yaxshi bahoni oldi.
Messi, Neymar va Mbappe mavjud 10 balldan 7 ball to'pladi. Ular bittadan gol urdi, shuningdek, argentinalik futbolchi golli uzatmani amalga oshirdi.
Yarim himoyachi Vitinya va darvozabon Janluiji Donnarumma 6 balldan, xavbek Marko Verratti va himoyachi Danilo Pereyra 5 ochkodan qo'lga kiritdi. Himoyachilar Nunu Mendesh va Markinosning o'yini 4 ochkodan baholangan bo'lsa, Nordi Mukiele va Serxio Ramos 3 ochkodan jamg'argan.
Kilian Mbappe g'alaba golini urgani uchun UEFA talqinida eng yaxshi futbolchi deb topildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar