Messi "Barsa" bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin
02 iyu 2017 01:41
Yangiliklar
Messi "Barsa" bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin
“Barselona” jamoa hujumchisi Lionel Messi bilan yangi kelishuvga imzo chekishi kutilmoqda.
30 yoshli hujumchi kecha jonajon shahri Rosarioda nikoh marosimini o'tkazdi. Bugun u Ispaniyaga qaytadi va shartnomasi bilan bog'liq savollarni echish niyatida.
Messi “Barselona”da qolishni istamoqda. U shartnomani mavsumlar oralig'idagi tayyorgarlik jarayonidan oldin rasmiylashtirmoqchi.
Futbolchining amaldagi shartnomasi 2018 yilning yoziga qadar davom etadi.
Fikrlar