Messi Amerika Kubogini qo'lga kiritgani haqida: "Orzum ushalib, ichki xotirjamlikka erishdim"
09 sen 2021 23:30
Yangiliklar
Messi Amerika Kubogini qo'lga kiritgani haqida: "Orzum ushalib, ichki xotirjamlikka erishdim"
Lionel Messi Kopa Amerikadagi g'oliblik haqida gapirdi.
Futbolchi ushbu g'alabadan nimalarni his qilganini so'zlab berdi.
"Orzuyim ushalib, ichki xotirjamlikka erishdim. Bunday sovrinni bir necha marta qo'limdan chiqargandim. Bu tushga o'xshagandi. Hozir esa suratlarga qarab juda quvonaman. O'sha payt nima bo'layotganini uncha anglamagandim.
Matbuot bizni omadsizlarga chiqargandi. Terma jamoada o'ynash masuliyatini his qilmaslikda ayblashgandi. SHuncha omadsizlikdan keyin bunga erishganimiz ikki barobar qiymatliroq bo'ldi. Endi farzandlarim Braziliya bilan o'yinni uzoq yillar eslab yurishadi. Ular bundan zavq olishayotganini ko'rish esa juda yoqimli", -deydi Lionel Messi.
Fikrlar