So’nggi yangiliklar

18:16"Андижон"нинг бўлажак рақиби ишончли ғалабага эришди  0 17:50Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Стоунзнинг майдонга тушиши сўроқ остида. Қолганлар ўйинга тайёр"  2 17:44Суперлига. "Сўғдиёна" - ОКМК 0:0 (матнли трансляция)  2 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  8 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  13 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  7 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  4 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0

"Men klub tanlashda ularning muxlislariga etibor qarataman" - "Andijon"ning yangi legioneri yana nimalar dedi? Yangiliklar

"Men klub tanlashda ularning muxlislariga etibor qarataman" - "Andijon"ning yangi legioneri yana nimalar dedi?

Xabaringiz bor, "Andijon" jamoasi yaqinda chernogoriyalik yarim himoyachi Miomir Jyurichkovich bilan shartnoma imzoladi.

Tabiiyki, barcha rasmiyatchiliklar hal bo'lganidan keyin yangi legioner "Andijon" klubi matbuot xizmatiga dastlabki intervyusini berdi.

- Miomir, "Andijon" klubiga xush kelibsiz! Bu taklif qachon bo'ldi va siz kutganmidingiz?

- Yaxshi kutib olganinglar uchun rahmat. Bir necha kun oldin "Saraevo" bilan shartnomani bekor qildim va darhol "Andijon"ning taklifini qabul qildim. 

- Ushbu chaqiruvni qabul qilishingizda sizni nima ilhomlantirdi?

- Bir nechta legionerlar "Andijon"da o'ynaydi. Ular menga klub haqida juda yaxshi fikrlarni bildirishdi va ushbu jamoaning taklifini qabul qilishimni tavsiya etishdi. 

- Bungacha o'zbek futboli haqida nimalarni eshitgansiz?

- Aytib o'tganimdek, CHernogoriya va bolqonlik ko'p futbolchilar bu erda o'ynagan va hali hamon O'zbekiston chempionatida faoliyat olib borishadi. Ularning barchasi bu erdagi futboldan mamnun. SHu bois, men ham xuddi shunday bo'lishiga umid qilaman.

- Jamoaga sizdan oldin bosniyalik Mirzad Mexanovich ham keldi. Sizning oxirgi klubingiz Bosniyaning "Saraevo" klubi edi. Mexanovichni yaxshi tanisangiz kerak?!

- Albatta, men Mirzadni juda yaxshi bilaman. Bosniya chempionatining eng yaxshi futbolchilaridan biri hamda juda ajoyib golli paslarni amalga oshira oladi. Aminmanki, yangi mavsumda uning jamoamizga ko'p yordami tegadi. 

- Bosh murabbiy bilan gaplashdingizmi?

-  Murabbiy bilan uchrashdim. Mirzad uning mashg'ulot o'tkazish uslubini maqtadi. Bizni oldinda Antaliyadagi bir oydan ziyod yig'in kutib turibdi. U erda bir-birimizni yaxshiroq bilib olib, birga muvaffaqiyatli o'ynashimizga umid qilaman. 

- "Andijon"ga o'tishingiz faoliyatingizda oldinga tashlangan qadammi?

- SHartnomamni bekor qilganimdan so'ng qisqa vaqt ichida juda ko'p takliflar qabul qildim. Lekin «Andijon»ni tanlashga qaror qildim. CHunki bu mening faoliyatimda oldinga tashlangan qadam bo'lishiga ishonaman. 

- Jamoaning ashaddiy muxlislariga nima deysiz?

- Men klublarni tanlashda ularning muxlislariga ham etibor qarataman. Eng yaxshi muxlisga ega jamoani tanlashni afzal ko'raman. Bilamanki, bizning ishqibozlarimiz O'zbekistonda tenggi yo'q hisoblanishadi. Ular "Andijon"ni tanlashimdagi eng asosiy sabab deb ayta olaman.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика