Matich kutilmaganda Serbiya termasidagi faoliyatini yakunladi
28 avg 2020 11:28
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/589243_original.jpg)
![](/upload/storage/589243_220.jpg)
Matich kutilmaganda Serbiya termasidagi faoliyatini yakunladi
"Manchester Yunayted" xavbeki Nemanya Matich xalqaro faoliyatini yakunladi.
"Mozzartsport" xabariga ko'ra, futbolchi Serbiya futbol federaciyasi rahbarlari bilan janjallashib qolgan va shu sababli termadan ketgan. Rahbariyatdagilar uni qolishga ko'ndirmoqchi bo'lishgan. Biroq Matich baribir ko'nmagan.
CHunki Matich sentyabr oyida Millatlar ligasi doirasida Rossiya va Turkiya termalariga qarshi bo'ladigan o'yinlarga chaqirilgandi.
32 yoshli futbolchi 2008 yildan buyon terma sharafini himoya qilib kelayotgandi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar