So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  4 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  6 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  15 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  103 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  5 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  848 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  5 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

Matbuot anjumani. Bahodir Ahmedov: "Jahon chempionatiga tayyorgarlik yaxshi ketmoqda" Yangiliklar

Matbuot anjumani. Bahodir Ahmedov: "Jahon chempionatiga tayyorgarlik yaxshi ketmoqda"

Xabaringiz bor, futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi Litvada o'tadigan 2021 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etadi.




Futzal terma jamoamiz 13 avgust sanasida Toshkentdagi mashg'ulotlarni yakunlab, Madrid va Portu shaharlarida o'tadigan xorijiy yig'inga yo'l oladi.

Futzalchilarimiz mazkur yig'inlar davomida Ispaniya, Portugaliya, Argentina kabi dunyoning etakchi terma jamoalari bilan o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazadi. SHundan so'ng, vakillarimiz Jahon chempionatida ishtirok etish uchun Litva poytaxti Vilnyus shahriga etib boradi.

Bugun O'FA majlislar zalida terma jamoamiz bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov va o'yinchilar Davron CHoriev, Anasxon Rahmatov, Abbos Elmurodov.




"Avvalambor assalomu-aleykum. Kayfiyatlarimiz alo darajada. Yig'inlarimiz juda yaxshi o'tmoqda. Yigitlar mashg'ulotlarda astoydil ishlashmoqda. Yaratib berilgan sharoitlar uchun O'zbekiston futbol associaciyasiga minnatdorchilik bildiramiz", - deydi Bahodir Ahmedov.

"Futzalchilarning kayfiyati yaxshi. Mashg'ulotlarimiz quvnoq kayfiyatda davom etyapti. Xorijdan kelgan murabbiylar, o'zimizning mutaxassislar har tomonlama tayyorlashmoqda", - deydi Davron CHoriev.




"Tayyorgarlik rejadagidek ketmoqda. Kamchiliklar yo'q. Hammasi yaxshi", - deydi Anasxon Rahmatov. 




"Har bir o'yinda katta ishtiyoq bilan o'ynab xalqimiz oldida yuzimiz yorug' bo'lishini istaymiz", - deydi Abbos Elmurodov. 



- Tailand bilan qolaversa Eron bilan bahsda besh kishi bo'lib chiqqanda raqibga qarshi o'ynash va o'zimiz besh kishi bo'lib harakat qilishda mummolar ko'zga tashlandi. Ushbu jihat ustida mashg'ulotlarda ishlandimi?
- Mashg'ulotlarda har kuni ishlamoqdamiz. Beshtalikda boshida yaxshi o'ynayotgan edik. Argentina, Eron bilan bu yaxshi chiqdi. Keyinchalik pasayish boshlandi. Uch kundan beri mazkur jihat ustida ishlamoqdamiz.

- Terma jamoamiz o'rtoqlik uchrashuvlarida Portugaliya, Argentina, Angola bilan kuch sinashishi malum bo'lgan. Mazkur terma jamoalar guruhdagi raqiblardan kelib chiqib tanlandimi yoki shunchakimi?
- O'rtoqlik uchrashuvlari guruhdagi raqiblardan kelib chiqib tanlanadi. Guruhimizda Rossiya terma jamoasi bor. Ular Portugaliyaga o'xshab o'ynaydi.



- Oldingi mundialdan so'ng tarkib o'zgarib ketdi. Hozirda qay darajada o'zingiz istagan tarkibni yig'a oldingiz? Solishtirish mumkinmi?
- Oldingi Jahon chempionatida qatnashgan tarkib kuchli edi. Ayni paytda ulardan 2-3 nafari terma jamoada o'ynamoqda. Umuman olganda tarkib yoshardi. Yakuniy tarkibga kirayotgan o'yinchilarning hammasi jismoniy tomondan yaxshi, texnik va taktik ko'nikmalarga ega.

- Murabbiylar shtabida xorijlik murabbiylarning ish boshlashi sizga qanchalik yordam bermoqda?
- Ushbu murabbiylar bizga 2016 yilgi Osiyo chempionatida ko'maklashgan. Ularni juda yaxshi bilamiz. O'z ishining ustalari, deya olaman.





- Savolim Davron CHorievga. Bu siz uchun ikkinchi Jahon chempionati hisoblanadi. O'sha vaqtda hali ancha yosh edingiz. Tajribaliroq sheriklaringizga nisbatan kamroq o'ynagansiz. Bugungi kunda terma jamoaning asosiy etakchilaridan birisiz. SHunday ekan bu borada hissiyotlar qanday?
- Hozirda o'zimni o'sha paytga qaraganda tajribaliroq, deb hisoblayman. Katta o'yichilardan, murabbiylardan ko'p narsa o'rgandim. O'yinim ham o'zgardi. Jahon chempionatida o'zimizni kuchli tomonlarimizni ko'rsatgan holda g'alabalar qozonishga harakat qilamiz.

- O'zbekiston terma jamoasining ayni paytdagi tarkibi chindan ham tarixdagi eng kuchlisimi?
- Bu savolni har doim berishadi. Hech qachon hozirgi tarkibni kuchli, deya olmayman. Katta musobaqalarda, Osiyo chempionatlarida qatnashgan har bir tarkib bir-biridan kuchli. Buni taqqoslash qiyin.



- Terma jamoamizning asosiy kamchiliklaridan biri o'yinni boshlab olishi qiyin...
- Siz aytgan masala ustida ham ishlamoqdamiz. Jismoniy tayyorgarlik bo'yicha xorijdan murabbiy olib kelganmiz. Gohida bir kunda to'rt mahal mashg'ulot olib boryapmiz. Ayrimlar buni ko'p, deb o'ylashi mumkin. Hammasi reja bo'yicha ketmoqda.

- Jahon chempionatiga uch nafar darvozabon olib ketayotganingiz haqida malumotlar bor. Rustam Umarovning yoshi katta ekanligi qolgan yosh posbonlarga to'siq bo'lmayaptimi? Darvozabon tanlovida qanday qaror qabul qilinadi?
- Hammasi bir kun oldin malum bo'ladi. Sizlarga Rustam Umarovni asosiy darvozabon bo'ladi, deb ayta olmayman. Boisi o'yinga yaqin uning qanday holatda ekanligini bilishim kerak.



- Jahongir Usmonovning futzalga qaytishi qay darajada motivaciya bermoqda?
- Jahongir aka bilan ko'p ishlaganmiz. Qo'l ostilarida ham o'ynaganman. Hozir kelib ham yo'l-yo'riq, kamchiliklarimizni ko'rsatib turadilar. Bundan juda ham xursandmiz.

- Championat.asia saytida terma jamoamizning Jahon chempionatiga boradigan yakuniy tarkibi elon qilindi. Ushbu xabarni ko'rgan bo'lsangiz buni tasdiqlay olasizmi?
- 16 kishilik tarkib to'g'ri.

Eshitdik-da! Futzal terma jamoamizning Jahon chempionatiga boradigan tarkibi malum


- Jahon chempionatida yaxshi o'rinlar qayd etilsa rahbariyat qo'shimcha rag'batlantirishini aytdimi?
- Men hech qachon sovrin uchun futzal o'ynamaganman. Vatanimiz uchun to'p tepganmiz. Rag'bat, sovg'alar meni qiziqtirmaydi.



- Raqiblar qay darajada o'rganildi va eng kuchli terma jamoa qaysi?
- Guruhimizdagi raqiblarimizni o'rganmoqdamiz. O'rtoqlik uchrashuvlaridagi harakatlarini kuzatyapmiz. Ular ham bizni o'rganmoqda. Yigitlarimizga bu borada malumot beryapmiz.

- Tailandda Misr bilan uchinchi o'rin uchun o'ynadik. Payqagan jihatim, birinchi bo'limda biz o'yinimizni yashirdik. Ikkinchi bo'limda esa raqib asosiy o'yinini berkitgandek tuyuldi. Aynan shu bahs orqali Misr haqida batafsil tasavvurga ega bo'ldingizmi?
- Yo'q, hali kerakli tasavvurga ega bo'lganimiz yo'q. Misr yana o'rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etadi. Ko'p narsalarni biz ham, ular ham ko'rsatmadi. 4:0 hech narsani anglatmaydi.



- Savolim Anasxon Rahmatovga. Xose Mariya Mendez kashf qilgan futzalchilardan birisiz. Birinchi ligaga Namangan jamoasidan kelgansiz. O'sha paytda to'rt yil ichida terma jamoa darajasigacha ko'tarilaman, deb o'ylaganmidingiz?
- 2016 yilgi Osiyo chempionatida akalarimizga havas bilan qaraganman. Yaxshi niyat qilish kerak ekan. Murabbiylarimning hissasi katta bo'ldi.

- Abbos Elmurodov katta futbolda ikkinchi ligada hujumchi sifatida o'ynaganingiz yodimda. Tailanddagi turnirda Eron bilan bahsda ko'rdik, uslubingiz Igitaga o'xshab ketadi. "Lokomotiv"ga kelganingizda murabbiy Ahad Yusupov bu boladan Igita yasayman degandi. Bu o'yin uslubi sizga qay darajada qulay?
- SHu darajaga kelganim uchun Ahad akaga rahmat aytaman. Agar men oldinga chiqsam o'yinchilarga yaxshiroq bo'ladi, degan fikr yuzaga keladi. Darvozabonlar orasida tashlab chiqib ketish va tavakkal qilish kam uchraydi. O'yinchilarga yordam berish uchun shunday qilaman.

- Gvatemala terma jamoasi haqida malumotlarga ega bo'lish qiyin bo'lmayaptimi?
- Ushbu terma jamoa Jahon chempionatiga chiqish uchun saralashda qatnashgan. Bu o'yinlarning videolarini ko'rib o'rganyapmiz.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика