Mashalda yangi sport direktori ish boshladi
05 mar 2020 17:32
Yangiliklar


Mashalda yangi sport direktori ish boshladi
Muborakning Mashal klubida yangi sport direktori ish boshladi.
Gap shundaki, sobiq hakam Doniyor Dosanov «gazchilar»dan tushgan taklifni qabul qildi. Muxlislarga yaxshi malumki, 37 yoshli Dosanov ilgari futbolchi sifatida ham faoliyat yuritgan. Keyinchalik malum muddat o'zini hakamlik sohasida sinab ko'rdi. Ammo bu sohada Doniyorga uzoq vaqt ishlash nasib etmadi. So'nggi paytlarda Toshkentda bolalar futbolida murabbiy sifatida ishlab kelayotgandi. Yaqinda «Mashal» rahbariyati uni klub tizimiga ishga taklif etdi.
Hozirda Doniyor Dosanov Muborakda asosan akademiya faoliyati bilan shug'ullanmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar