Urugvay darvozaboni O'zbekistonga qarshi o'yinda qaysi vaziyat qiyinchilik to'g'dirganini aytdi
14 okt 11:50
Yangiliklar
Urugvay darvozaboni O'zbekistonga qarshi o'yinda qaysi vaziyat qiyinchilik to'g'dirganini aytdi
"Men uchun o'yindagi eng qiyin vaziyat burchak zarbasi amalga oshirilgan lahza edi. Shomurodovning ikkinchi bo'limda boshi bilan yo'llagan zarbasi ham xavfli edi, biroq u instinktiv, reakciya asosida sodir bo'ldi. Burchak zarbasi to'pning traektoriyasi tufayli murakkabroq edi, uni qaytarish uchun qanday harakat qilish, orqada kimdir bormi yo'qmi kabi narsalarni hisobga olish kerak. Boshqa holat esa ko'proq reflekslar bilan bog'liq, u tabiiyroq sodir bo'ladi, unga alohida tayyorgarlik ko'rish shart emas.
O'yin nazoratimiz ostida edi. O'tkazib yuborilgan gol tufayli so'nggi daqiqalar murakkab o'tdi. O'sha vaziyatda ofsayd bo'lganmi-yo'qmi bilmayman, lekin bunday holatlar uchrab turadi. To'p o'tkazib yubormaslik, ayniqsa, darvozabon uchun juda muhim, baxtimizga g'alaba qozondik, eng asosiysi shu", dedi 25 yoshli futbolchi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Миср терма жамоаси собиқ юлдузи кечаги учрашувдан сўнг жамоа бош мураббийини танқид қилди
Fikrlar