"Galatasaroy" Saloh bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda
14 okt 12:13
Yangiliklar
"Galatasaroy" Saloh bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda
Istanbulning "Galatasaroy" jamoasi 33 yoshli misrlik vinger Muhammad Salohni safiga qo'shib olmoqchi.
Bu haqda "Nefes" xabar berdi.
Turkiya grandi misrlik futbolchi "Liverpul"ni tark etsa, u bilan shartnoma imzolash harakatiga tushadi. Ular hatto yanvar oyidayoq misrlikni sotib olishni o'ylashmoqda.
Saloh "Liverpul"ga 2017 yilda kelib qo'shilgandi.
Bungacha u Italiyaning "Roma" va "Fiorentina", Angliyaning "Chelsi", Shveycariyaning "Bazel", o'z mamlakatining "Mokavlun" jamoalarida to'p tepgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Fikrlar