Mashal – Metallurg uchrashuvining boshlanish vaqtlari malum
08 mar 2016 12:12
Yangiliklar


Mashal – Metallurg uchrashuvining boshlanish vaqtlari malum
Juma kuni "Mashal" o'z maydonida Oliy liganing 2-turni o'tkazadi.
Mazkur bahsga jamoamiz jiddiy tayyorgarlikni boshlagan. "Metallurg" bilan
bo'ladigan bahsning boshlanish vaqtlari malum bo'lgan. Unga ko'ra 10 mart
kuni jamoa o'rinbosarlari bahsi Bahrom Vafoev nomli stadionning ikkinchi
maydonida 16:00da start oladi. Asosiy tarkib jamoalari o'yini esa
markaziy stadionda 16:30 da boshlanadigan bo'ldi. Oldin xabar berib
o'tganimizdek bu o'yinni navoiylik Zokir Qodirov boshchiligidagi hakamlar
guruhi boshqarib boradi.
Oliy liga, 2-tur
Mashal (Muborak) – Metallurg (Bekobod) 16:30
Hakamlar: Z. Qodirov (Navoiy), N. Ro'zimov (Toshkent), R. Nugmanov (Toshkent), A. Ergashev (Toshkent)
Nazoratchi: O. Dachev (Toshkent)
O’xshash yangiliklar

Fikrlar