"O'zFHM hakamlar xato qilmaganini isbotlamoqchi bo'lsa, ofsayd chiziqlari qanday chizilganini ko'rsatuvchi videoni ilova qilishi kerak edi" - Sinyaev
27 may 13:19
Yangiliklar


"O'zFHM hakamlar xato qilmaganini isbotlamoqchi bo'lsa, ofsayd chiziqlari qanday chizilganini ko'rsatuvchi videoni ilova qilishi kerak edi" - Sinyaev
"Biz hakamlar brigadasi bilan epizodlarni muhokama qildik. Shu jumladan, VAR'da ishlaganlarning faoliyatini. O'yin translyaciyasi vaqtida ofsaydlar ko'rsatilmagani biroz g'alati, degan xulosaga keldik. VAR hakamlari hakamning qarorini tasdiqlagan yoki bekor qilganda, ular translyaciya rejissyoriga chizilgan chiziqlar bilan ushbu stop-kadrlarni beradilar.
To'q rangli fon ishonchni mustahkamlamaydi. Ayniqsa, birinchi skrinshotda ("Mashal"ning bekor qilingan goli bilan). Hamkasblar ushbu skrinshotni yaratish uchun VAR chiziqlarini yaratish uchun maxsus dastur emas, balki Photoshop dasturidan foydalanish mumkinligini istisno qilmaydi. Umuman olganda, ofsayd tananing qaysi nuqtasi bo'yicha aniqlangani to'liq aniq emas. Himoyachiga nisbatan, u tirsakda turganga o'xshaydi, garchi u biroz o'ngroqda – elka yoki oyoqda bo'lishi kerak edi. Axir, biz bilamizki, tirsak bilan gol urish mumkin emas. Hujumchiga kelsak, u erda umuman hech narsa ko'rinmayapti.
Ikkinchi skrinshotda ("Bunyodkor"ning bekor qilingan goli) biroz ko'proq malumot bor. Haqiqatan ham ofsayd bo'lganini istisno qilmaymiz, lekin tushunish juda muhim: bunday holatlarda ofsayd chiziqlari ko'rsatilgan stop-kadrlar o'yin translyaciyasida bo'lishi shart. Bu erda endi savollar yo translyaciya rejissyorlariga, yoki agar ular stop-kadrlarni uzatmagan bo'lsa, VAR'dagi hakamlarga yo'naltiriladi. Balki hakamlarda qandaydir qo'shimcha rakurs bo'lgandir, lekin biz buni bu erda ham ko'rmayapmiz. Bunday tushunmovchiliklar yuzaga kelmasligi uchun o'yinlar translyaciyasida darhol stop-kadrlarni ko'rsatish lozim.
Alohida takidlashni istardimki, O'zbekiston futbol hakamlari markazi faoliyatiga hech qanday etirozimiz yo'q. Biz kecha qo'limizda mavjud bo'lgan malumotlarni, yani o'yin translyaciyalarida ko'rsatilgan kameralardagi gol takrorlarini tahlil qildik. Agar hakamlarda boshqa rakurslar bo'lgan bo'lsa, ularni ham taqdim etishlari lozim edi. Agar O'zbekiston futbol hakamlari markazi vakillari hakamlar xato qilmaganini isbotlamoqchi bo'lishsa, ofsayd chiziqlarini qanday chizganlarini ko'rsatuvchi videoni ilova qilishlari kerak edi. Masalan, RPLda aynan shunday qilishadi. Bu skrinshotlarga qaraganda ko'proq ishonch uyg'otadi. Bu ikki epizod shunchalik katta shov-shuvga sabab bo'lganini hisobga olib, tahlil bilan birga videoni ham taqdim etish to'g'riroq bo'lardi. Bunga atigi 10-15 daqiqa vaqt ketardi xolos", – dedi Sinyaev.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar