Maksim Shackix: "Hisob 1:0 vaqtida biz ikkinchi golni urishimiz kerak edi"
13 iyu 23:48
Yangiliklar


Maksim Shackix: "Hisob 1:0 vaqtida biz ikkinchi golni urishimiz kerak edi"
- Birinchi bo'lim bizning nazoratimiz ostida o'tdi. Ikkinchi bo'limga umuman boshqacha kayfiyatda chiqdik. Ikkinchi taymdagi o'yinimizdan mamnunman, yaxshi vaziyatlar yaratdik, 3-4 vaziyatdan gol ura olmadik. Agarda ular ham vaziyatidan foydalana olmaganida hisob 1:0 bo'lib qolardi. Raqib gol urguncha bizda yaxshi vaziyatlar bo'ldi, o'sha vaziyatlardan birini golga aylantirib, barchasiga nuqta qo'ygan bo'lardik.
- Bugun "Andijon" futbolchilari jismonan "Buxoro"ga imkoniyatni boy bergandek ko'rindi.
- Buni men ko'rmadim. Shunchaki biz vaziyatlarni boy berganimiz uchun shunday ko'ringandir. "Buxoro" bizdan bu borada ustunlik qilganini sezmadim. Biz birinchi va ikkinchi bo'limda vaziyatlardan foydalanishimiz kerak edi. Shunda o'yinning borishini o'zgartirgan bo'lardik.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Asli joying pro ligada senlarni)))