Manjukich "Roma" bilan 2 yillik shartnoma imzolashi mumkin
24 avg 2020 17:14
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/588549_original.jpg)
![](/upload/storage/588549_220.jpg)
Manjukich "Roma" bilan 2 yillik shartnoma imzolashi mumkin
Xorvatiya terma jamoasi sobiq o'yinchisi so'nggi vaqtlarda "Inter" va "Fiorentina" bilan bog'landi, ammo manba Marioning poytaxt klubini tanlaganini yozmoqda.
Manjukich Qatardagi faoliyatidan so'ng Evropa futboliga qaytishni xohlamoqda. U "Roma" sardori Edin Jekonidan ko'ra kamroq maosh so'raydi. 34 yoshli futbolchi yiliga bonuslardan tashqari 4 million evro maosh oladi va 2 yillik shartnoma imzolaydi.
Manjukich qishda "Al Duhayl"ga erkin agent maqomida o'tgan va 2021 yilga qadar shartnoma imzolagandi. Futbolchi jamoa safida 7ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.
U bunga qadar "Bavariya", "Atletiko" va "Yuventus" klublari sharafini himoya qilgan. Xorvatiya terma jamoasida esa 89ta o'yinda maydonga tushib, 33ta gol urishga erishgan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar