Manchini A Seriyada jamoalar soni kam deb hisoblamoqda
21 mar 2023 21:15
Yangiliklar


Manchini A Seriyada jamoalar soni kam deb hisoblamoqda
Italiya termasi bosh murabbiyi Roberto Manchinining fikriga ko'ra, A Seriyada jamoalar soni kam.
"Bilmadim, bizda hujumchilar juda kam. Hozir oldingi chiziqdagi futbolchilarni tanlashda tanlovimiz juda kam. 3 jamoamiz ECHL chorak finalida o'ynaydi, biroq umumiy hisoblaganda ularning tarkibida umumiy 7-8 nafar italiyalik bor. Haqiqat shunday.
Oldinlari biz 3-4 soatlab ko'chada futbol o'ynardik, keyin mashg'ulotga ketardik. Hozir unday bolalar yo'q. Urugvay, Argentina, Braziliya kabi davlatlarda yosh iqtidorlarning chiqib qolishi oddiy holat emas. Ularda hali ham ko'cha futbolining darajasi yuqori", - dedi mutaxassis.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar