"Manchester Yunayted" sobiq darvozaboni faoliyatini yakunlaganini elon qildi
16 sen 2022 10:31
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" sobiq darvozaboni faoliyatini yakunlaganini elon qildi
Angliya terma jamoasi va MYU sobiq posboni Ben Foster ijtimoiy tarmoq orqali faoliyatini tugatganini malum qildi.
39 yoshli darvozabonning so'nggi klubi "Uotford" bo'lgan edi.
Foster faoliyati davomida uch marta Angliya Liga Kubogini yutgan: ikki marta “Manchester Yunayted” va bir marta “Birmingem” bilan.
Angliya terma jamoasi tarkibida u 8 ta o'yin o'tkazib, 2014 yilgi Jahon chempionatiga yo'l olgan va u erda Kosta-Rika bilan o'yinda (0:0) maydonga tushgan.
So'nggi paytlarda u o'zining YouTube kanalini faol rivojlantirib kelayotgandi. Kanal 1 milliondan ortiq obunachiga ega.
Fikrlar