"Manchester Yunayted" Kavani bilan shartnomani uzaytirmoqchi
21 fev 2021 01:48
Yangiliklar


"Manchester Yunayted" Kavani bilan shartnomani uzaytirmoqchi
MYU bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsher hujumchi Edinson Kavanining kelajagi haqida gapirdi.
"Kavani qoyilmaqom o'ynayapti, u jamoaga yaxshi qo'shilib ketdi va meni hayratda qoldirdi. Albatta, yaqin orada biz u bilan kelajakdagi rejalarimizni muhokama qilamiz. Biz uning hozirgi holatidan mamnunmiz", – dedi Sulsher.
Kavani "Manchester Yunayted"ga 2020 yil oktyabr oyida ko'chib o'tgandi. U bilan "1+1" tizimida shartnoma imzolangan.
Malumot uchun, urugvaylik forvard ushbu mavsumda 24 o'yin o'tkazib, 7 ta gol urgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar