"Manchester Yunayted" 1972/73 yilgi antirekordini takrorladi
25 okt 2020 17:25
Yangiliklar


"Manchester Yunayted" 1972/73 yilgi antirekordini takrorladi
MYU APL 6-turida, o'z uyida "CHelsi" bilan nursiz durang (0:0) qayd etdi.
SHunday qilib "qizil iblislar" Angliya chempionatining dastlabki uch turida o'z maydonlarida bir marta ham g'alaba qozona olishmadi va 1972/73 yilgi antirekordni takrorlashdi.
Ole Gunarr Sulsher jamoasi boshida "Kristal Pelas" (1:3)dan, so'ngra "Tottenxem" (1:6)dan yirik hisobda yutqazdi va kecha "CHelsi" bilan durang o'ynadi.
"Manchester Yunayted" o'zining keyingi uy uchrashuvini 1 noyabr kuni "Arsenal"ga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar