"Manchester Siti" sobiq futbolchisi "Milan"ga o'tishi mumkin
11 jan 2020 14:10
Yangiliklar
"Manchester Siti" sobiq futbolchisi "Milan"ga o'tishi mumkin
"Byornli" darvozaboni Jo Xart APLni A Seriyaga almashtirishi mumkin.
Angliyalik darvozabon "Milan"da Pepe Reynaning o'rnini egallashi mumkin.
Xabarlarga ko'ra, ispaniyalik posbon Birmingemning "Aston Villa" jamoasiga o'tishga yaqin.
Jo Milan klubi bilan joriy mavsumning so'nggiga qadar shartnoma imzolashi mumkin.
Xart joriy mavsum APLda umuman maydonga tushmadi. Eslatib o'tamiz, Jo oldinroq 2016/17 yilgi mavsumda "Torino"da ijara asosida o'ynagan.
Eslatib o'tamiz, Xart 2006-2018 yillar davomida "Manchester Siti" sharafini himoya qilgan.
Fikrlar