Lyakazett: "Arteta tanaffusda o'yinchilardan noroziligini aytdi va qattiq baqirdi"
07 jan 2020 13:04
Yangiliklar


Lyakazett: "Arteta tanaffusda o'yinchilardan noroziligini aytdi va qattiq baqirdi"
"Arsenal" hujumchisi Aleksandr Lyakazett jamoa bosh murabbiyi Mikel Arteta "Lids Yunayted"ga qarshi Angliya kubogi 1/32 final uchrashuvi tanaffusi paytida futbolchilarga qattiq tanbeh berganini aytdi.
"Arteta tanaffus paytida nima dedi? U juda ko'p baqirdi. U norozi edi, chunki bizga "Lids" xuddi shunday o'ynashini tushuntirgandi, ammo jamoa murabbiyning aytganlariga amal qilmadi", - deydi ushbu uchrashuvda sardor sifatida o'ynagan Lyakazett.
Eslatib o'tamiz, 1/16 finalda "Arsenal" "Bornmut" bilan uchrashishi aniq bo'ldi.
27 ochko to'plagan "Arsenal" Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 10-o'rinni egallab turibdi. "Lids Yunayted" esa 52 ochko to'plagan holda CHempionshmpda peshqadamlik qilmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar