Lyakazett: "Arsenal"dan ketmayman"
12 sen 2020 11:27
Yangiliklar
Lyakazett: "Arsenal"dan ketmayman"
"Arsenal" hujumchisi Aleksandr Lyakazett jamoadan ketishi mumkinligi haqida gapirdi.
"Arsenal" bilan uzoq yillik shartnomaga imzo chekkanman, jamoa bilan ko'p sovrinlarga ega chiqmoqchiman. Jamoadagi o'rnimdan mamnunman. Mikel Arteta bilan ishlash menga yoqadi. "Arsenal"dan ketmayman", - dedi franciyalik futbolchi.
29 yoshli forvard 2017 yildan buyon "Arsenal" tarkibida 127 o'yinda 48 gol va 25 assist qayd etdi. Uning "Arsenal" bilan shartnomasi 2022 yilga qadar davom etadi.
Fikrlar