Lukaku "CHelsi"ga o'tishga yaqin
07 avg 2021 19:53
Yangiliklar
Milanning "Inter" klubi hujumchisi Romelu Lukaku faoliyatini "CHelsi"da davom ettirishi mumkin, deydi jurnalist Alfredo Pedulla.
Manbaning xabariga ko'ra, bugun telefonda ikki klub vakillari o'rtasida muloqot bo'lib o'tgan.
Asosiy muzokara Romeluning transfer narxi xususida kechmoqda. "Inter" rahbariyati 115-120 million evro so'ramoqda.
Jurnalist Fabricio Romanoning qo'shimcha qilishicha, transfer jarayoni yakuniy pallaga kirgan va kelishuv tez orada tasdiqlanadi.
Italiyalikning aytishicha, "CHelsi" Lukakuga yiliga 12 million evro bermoqchi va "Barselona" sobiq futbolchisi Lionel Messini sotib olmoqchi emas.
Fikrlar