Luis Suares faoliyati davomida futbolchilarni sakkiz marta tishlab olgani malum bo'ldi
29 iyu 2014 20:22
Yangiliklar
Luis Suares faoliyati davomida futbolchilarni sakkiz marta tishlab olgani malum bo'ldi
Futbol bo'yicha Urugvay terma jamoasi va Angliyaning Liverpul klubi hujumchisi Luis Suares faoliyati davomida sakkiz marta raqib jamoa futbolchilarini tishlab olgan. Bu haqda Daily Star xabar bermoqda.
Futbolchi Evropadagi faoliyati davomida Gollandiyaning Ayaks jamoasida o'ynayotganida PSV o'yinchisi Osman Bakkalni, Liverpulda o'ynayotganida CHelsi himoyachisi Branislav Ivanovichni tishlab olgani malum edi.
Braziliyada davom etayotgan futbol bo'yicha JCH-2014 guruh bosqichi so'nggi turida Italiyaga qarshi o'yinda Suarez raqib himoyachisi Jorjo Kellinini tishlab olganidan so'ng, terma jamoa miqyosidagi to'qqizta o'yindan va yaqin to'rt oy davomida futbol bilan bog'liq faoliyat olib borishdan chetlatildi.
Malum bo'lishicha, FIFA Suaresni diskvalifikaciya qilish to'g'risidagi qaror qabul qilishda Bakkal, Ivanovich va Kellini voqealaridan tashqari, urugvaylik hujumchisi o'z mamlakati milliy chempionatida Nasonal Montevideoda o'ynab yurgan vaqtlarida sodir etgan beshta voqeani ham hisobga olgan.
Daily Star’ning qayd etishicha, Urugvay futboli rahbarlari futbolchining xalqaro obro'siga zarar etmasligini o'ylab, Urugvay chempionatida Suaresning tishlab olishi bilan bog'liq holatlarini elon qilmay kelishgan.

Fikrlar