“Lokomotiv” Dubayda. Ikkinchi kun. Tiklanish

Narzulla Saydullayev
11 yanv 2016, 07:55
Yanvarning o'ninchi kunidan boshlab “Lokomotiv” futbolchilari yangi mavsumga tayyorgarlikka zo'r berishdi.
Qishki yig'inda olinadigan jismoniy zo'riqishlar yil davomida formani yuqori notada ushlab turish uchun xizmat qiladi va buni professional futbolchilarning barchasi yaxshi tushunishadi.

Teoriya 2

Shundan kelib chiqqan holda klub a'zolari kuchaytirilgan mashg'ulotlarda yaxshi kayfiyat bilan ishtirok etishmoqda. Yangi yildan so'ng Toshkentda to'plangan futbolchilar tanaffusdan keyingi tiklanish mashqlarini bajarish bilan cheklanishgandi. Dubayda esa endi ular jismoniy tayyorgarlik ustida tinimsiz ish olib borishadi.

Teoriya

Bugun – 10 yanvar kunini Mirko Yyelichich soat 10:00 da o'tkazgan nazariy mashg'uloti bilan boshladi va unda barcha futbolchilar ishtirok etishdi. Shogirdlari zerikib qolmasligini istagan mutaxassis teoriyani uzoq cho'zib o'tirmadi. Mahalliy vaqt bilan 11:00 da esa tarkib o'zi istiqomat qilayotgan “JA Jebel Ali Beach Hotel”dan uzoq bo'lmagan mashg'ulot maydonida saf tortib turgandi. Stadionda avvaliga tiklanish mashqlari bajarilgan bo'lsa, bosqichma-bosqich Yyelichich zo'riqishni oshirib bordi hamda jismoniy tayyorgarlikka o'rin berdi.

Mashg'ulot 3

Mashg'ulotdan keyin odatga ko'ra iliq dush, tushlik va tushki uyqu. Soat 17:00 dan boshlab ikkinchi mashg'ulot yana o'sha maydonda boshlandi. Bu birinchisidan butkul farq qilgani bilan, asosiy maqsad baribir o'sha-o'sha – jismoniy tayyorgarlikni maromiga etkazish uchun mehnat qilish. 1 soatdan oshiqroq davom etgan mashg'ulotdan keyin jamoa engil tin oldi. Iliq dushdan keyin futbolchilar kechki ovqatga o'tirishdi. Soat 20:30 da esa teoriyaning ikkinchi qismi davom ettirildi. Kun davomidagi mehnat etarli darajada bo'lgani sababli, nazariy mashg'ulot uzoq cho'zilmadi.

Mashg'ulot

“Lokomotiv” o'zinining birinchi o'rtoqlik uchrashuvini 15 yanvar kuni Saudiya Arabistoni yetakchisi “Al-Ahli”ga qarshi o'tkazishi haqida xabar bergandik. Juma kuni bo'lib o'tadigan yildagi birinchi o'yinga qadar futbolchilar o'z formalarini ancha tiklab olishadi.

Mashg'ulot 2

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz