

"Lokomotiv" futbolchisi Nikita Saltikov bo'lajak Jahon chempionati-2026 haqidagi savolga javob berdi.
"Jahon chempionatida O'zbekiston g'olib chiqadi. Men ularga muxlislik qilaman. Nima uchun? Chunki ular bizning birodarlarimizdir", - deya Saltikovning so'zlarini keltiradi "Sport-Ekspress" nashri.
JCH-2026 guruh bosqichida O'zbekiston terma jamoasi Kolumbiya (18 iyun), Portugaliya (23 iyun) va DR Kongo (28 iyun) jamoalariga qarshi bahs olib boradi. O'yinlar Mexiko, Xyuston va Atlanta shaharlarida bo'lib o'tadi.



