

Avvalroq "Chelsi" 33 yoshli futbolchi uchun 8 million funt sterling taklif qilgani ma'lum bo'lgandi. "The Athletic" ma'lumotiga ko'ra, "Sanderlend" rahbariyati bu taklifni rad etib, uni ham klubga, ham futbolchining nufuziga nisbatan hurmatsizlik sifatida baholagan.
Jakaning "Sanderlend" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan. Ilk bosqichda u klubini o'zgartirish ehtimolini ko'rib chiqqan bo'lsa-da, rahbariyat bilan o'tkazilgan suhbatlardan keyin jamoada qolishga qaror qildi.
Hozirda Jaka "Sanderlend"ning yetakchi futbolchilaridan biri sifatida baholanmoqda va klub uni yangi mavsum loyihasining muhim qismi deb hisoblamoqda.
Ma'lumotlarga ko'ra, "Chelsi" yangi bosh murabbiyi Xabi Alonso aynan Jakani jamoaga olib kelishni ko'proq istagan. Yodingizda bo'lsa, ikkisi bungacha "Bayer"da birga ishlab, Bundesliga chempionligini qo'lga kiritgan edi.



