"Liverpul" yana bir futbolchisidan ayrildi
21 fev 2021 01:30
Yangiliklar


"Liverpul" yana bir futbolchisidan ayrildi
"Liverpul" sardori Jordan Xenderson "Everton"ga qarshi o'yinda (0:2) jarohat oldi.
30 yoshli o'yinchi uchrashuvning 25-daqiqasida o'ng sonining orqa qismidan jarohat olib, maydonni tark etdi.
Takidlash joizki, Xenderson mudofaa markazidagi poziciyani yopib turgandi, chunki asosiy markaziy himoyachilar Virjil van Deyk, Jo Gomes, Joel Matip safdan chiqqan.
Xenderson ushbu mavsumda 28 o'yinda 1 ta gol urib, sheriklariga 1 ta golli pas uzatdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar