"Liverpul" shotlandiyalik futbolchi bilan shartnoma imzolashi mumkin
28 avg 2021 12:47
Yangiliklar
"Liverpul" shotlandiyalik futbolchi bilan shartnoma imzolashi mumkin
SHotlandiya terma jamoasi darvozaboni Devid Marshall "Derbi Kaunti"dan ketishi mumkin.
"Liverpul" 36 yoshli shotlandiyalik bilan shartnoma imzolashga qiziqmoqda.
"Qizillar" Marshallga Alissonning ehtimoliy o'rinbosari sifatida qaramoqda. SHotlandiyalik "Derbi Kaunti"da uchinchi darvozabon bo'ldi, sababi bosh murabbiy Ueyn Runi ko'proq yoshlarga etiborini qaratdi.
Marshall o'tgan mavsum 33ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 40ta to'p olib chiqdi.
Fikrlar