"Liverpul" Alkantara uchun 20 mln evro to'lashga tayyor
31 avg 2020 17:39
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/589740_original.jpg)
![](/upload/storage/589740_220.jpg)
"Liverpul" Alkantara uchun 20 mln evro to'lashga tayyor
"Liverpul" "Bavariya" bilan ispaniyalik o'yinchi Tyago Alkantara borasida muzokaralar olib bormoqda.
Bu haqda taniqli jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda. Mersisaydliklar 29 yoshli o'yinchini xarid qilish uchun 20 million evro ajratishga tayyorlar, ammo nemis grandi Alkantaraning sotuvidan 30 million ishlab olmoqchi.
Oldinroq yangragan xabarlarga ko'ra, angliyaliklar Jorjino Veynaldumni "Barselona"ga sotishadi, ishlangan pul esa ispaniyalik futbolchiga sarflanadi.
Eslatib o'tamiz, Tyago Alkantaraning "Bavariya" bilan tuzgan shartnomasi 2020/21 yilgi mavsumning so'nggiga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar