“Lester” “bo'rilar” himoyachisini o'z safiga qo'shib oldi
01 fev 2020 08:25
Yangiliklar


“Lester” “bo'rilar” himoyachisini o'z safiga qo'shib oldi
Transferlar oynasining so'nggi daqiqalarida yana bir xarid amalga oshdi.
“Lester” “Vulverxempton”dan Rayan Bennettni o'z safiga qo'shib olganini elon qildi. Agar Bennett etarli o'yinda maydonga tushsa, u holda “Lester” futbolchini mavsum so'ngida 5 mln funtga sotib oladi.
29 yoshli Bennet markaziy himoyachi hisoblanadi. U jamoaning asosiy himoyachilari CHag'lar Suyunju hamda Jonni Evansga o'rinbosar sifatida olib kelindi.
Futbolchi joriy mavsum “bo'rilar” safida 11 ta o'yin o'tkazdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar