Fabricio Romano: "Siti" "Vulverxempton" himoyachisini 40 million evroga sotib olmoqda
05 iyu 2025 18:33
Yangiliklar
Fabricio Romano: "Siti" "Vulverxempton" himoyachisini 40 million evroga sotib olmoqda
Rayan Ait-Nuri "Manchester Siti"ga o'tadi.
"Shaharliklar" 23 yoshli himoyachining transferi bo'yicha "Vulverxempton" bilan kelishuvga erishdi, deya xabar bermoqda Fabricio Romano. Bitim qiymati taxminan 40 million evroni tashkil etadi.
Futbolchi shanba kuni yangi klubi uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi. Ait-Nuri chap qanot himoyachisi hisoblanadi.
Rayan o'tgan mavsumda APLda 37 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Испания Кубоги. "Атлетико" илк ўйинда "Барселона" дарвозасига жавобсиз 4 та гол урди
Эрик Гарсия: "Сўнгги пайтларда ҳакамларнинг бирорта қарори бизнинг фойдамизга бўлмаяпти"
"Ўзбекнефтгаз" "Насаф", "Бухоро" ва "Бунёдкор" клубларини молиялаштиришни тўхтатмоқда
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar