So’nggi yangiliklar

02:34"Спортинг" раҳбари Гёкерешнинг йиғинга келмагани ҳақида: "Даҳолар босим ўтказиш орқали трансферни осонлаштирамиз деб ўйлашади, аммо бу уни қийинлаштиради. Ҳаммаси катта жарима ва кечирим сўраш билан ҳал бўлади"  0 00:55Футзал. "Қизилқум" ўтиш ўйинида "Пахтакор"ни мағлуб этиб, Олий лигага йўлланма олди  0 00:22"Челси"га Доннарумма ёқади. Футболчи КЖЧдан сўнг битим борасида қарор қабул қилади  2 23:58Шквирин "Андижон"да  3 23:31Суперлигада 2025 йилги мавсумнинг илк қисмидаги энг яхши 10 ўйинчи  4 22:36"Барселона"га "Челси" форварди керак  6 22:11ЦСКА ва Аббос Файзуллаев — Россия Суперкубоги соҳиби  9 21:40Элдор Шомуродов нега айнан "Истанбул Башакшеҳир"ни танлади?  8 20:48"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га ўтишга тайёр  4 20:20Неймар қиз фарзандли бўлди, Роналду яхтада Жоржина билан сайрга чиқди. Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  4 19:55Тебас "Реал"нинг Ла Лигадаги биринчи ўйинини кўчирилмаслигини айтди  9 19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  1 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  19 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  16 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  21

"Legionerga aylanishga yaqin edim". Asilbek Amonov nima uchun mavsumni birinchi ligada boshladi? Yangiliklar

"Legionerga aylanishga yaqin edim". Asilbek Amonov nima uchun mavsumni birinchi ligada boshladi?

Xabaringiz bor, kecha O'zbekiston kubogining birinchi saralash bosqichi o'yinlari bo'lib o'tdi.

Unda Toshkent viloyatining "Rubin" va "Lokomotiv BFK" jamoalari o'zaro to'qnash kelishdi. Murosasiz kechgan uchrashuvda "Rubin" penaltilar seriyasida 4:2 hisobida g'alaba qozondi. Ushbu uchrashuvdan so'ng g'olib jamoa tarkibida maydonga tushgan nomdor va tajribali darvozabon Asilbek Amonov fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

"Birinchi ligada to'p tepaman, deb o'ylamagandim. To'g'risini aytsam, legionerga aylanishga yaqin edim. Xorij jamoasi bilan shartnomalarni ham kelishib qo'ygandik. Lekin bir necha kun qolganda O'zbekistondan chiqib keta olmadim. SHundan so'ng Pro liga jamoalaridan biriga o'tayotganimda bir shart qo'ydim. Yani agarda Superliga jamoalaridan taklif bo'lsa qo'yib yuborishlarini aytdim. Bu orada "Rubin" dagilar taklif bilan chiqishdi. Klub rahbariyati barcha tomonlama qo'llab-quvvatlashini aytdi. Jamoa yomon emas, klub hususiy. Kubokdagi birinchi o'yinimizda g'alaba qozondik. 23 nafar futbolchi shu zahoti o'yin yakunlanishi bilan mukofot pullarini olishdi. Futbolchi ham inson, u ham oila boqishi kerak. 



"Lokomotiv BFK" darvozaboni menga ham yoqdi. Ishlashdan to'xtamasa kelajagi bor bola. O'yinni asosiy bo'limlarda tugatishimiz mumkin edi. Lekin ko'rdingiz raqib posboni qiyin vaziyatlarda ham jamoasini goldan qutqarib qoldi. 

Penaltilar seriyasida oxirgi zarbani men tepishimni sababi oddiy. Futbolchilarning ko'ziga qarasam charchoq va qo'rquv bor edi. SHuning uchun masuliyatni zimmamga oldim",- deydi Asilbek Amonov. 

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика