Lavessi: "Napoli"ga qaytish haqida o'ylagandim, ammo klub prezidenti qaytishimni istamadi"
23 fev 2017 14:16
Yangiliklar
Lavessi: "Napoli"ga qaytish haqida o'ylagandim, ammo klub prezidenti qaytishimni istamadi"
"Napoli" sobiq hujumchisi, hozirda "Xebey CHayna Forchun" sharafini himoya qilayotgan Esekel Lavessi bir necha marotaba neapolliklar safiga qaytmoqchi bo'lgani haqida gapirib berdi.
"Napoli" - bu doimo nostalgiya. Ko'p marotaba qaytish haqida o'ylaganman, ammo klub prezidenti qaytishimni istamadi. Bir kun kelib Italiyaga qaytaman, ammo "Napoli"ga emas, ularga kerak emasmanku.
"Inter"? Aloqalar bo'ldi, ammo o'tmadim. Futbolchilar nega Xitoyga ketishni istashadi? Bu birinchi navbatda moliyaviy savol" - deydi Lavessi.
Fikrlar