Esekel Garay futbolchilik faoliyatini yakunladi
16 iyu 2021 20:08
Yangiliklar
Esekel Garay futbolchilik faoliyatini yakunladi
Argentinalik markaziy himoyachi Esekel Garay professional futbolchilik faoliyatini yakunladi.
"Professional futbolchilik faoliyatim bilan xayrlashyapman. Tan olishim kerak, futbol o'ynashni davom ettirmoqchi hamda butsalarimni keyinroq mixga ilmoqchi edim, ammo hammasi men o'ylaganimdan boshqacha bo'lib chiqdi", — deb yozadi 34 yoshli futbolchi.
Eslatib o'tamiz, argentinalik futbolchining so'nggi klubi Ispaniyaning "Valensiya" jamoasi hisoblanadi. So'nggi uch yil ichida turli jarohatlar futbolchini o'z darajasida harakat qilishiga to'sqinlik qildi.
Fikrlar