

"El Gol Digital" xabariga ko'ra, Mersisayd klubi argentinalik o'yinchi bilan tez orada kelishuvga erishadi. 34 yoshli Garay ayni paytda erkin agent bo'lib turibdi. Uning so'nggi klubi Ispaniyaning "Valensiya" jamoasi bo'lgan edi.
Eslatib o'tamiz, Garay faoliyati davomida "Real Madrid", "Zenit" va "Benfika" jamoalari sharafini ham himoya qilgan.



