"Lacio" Sarri bilan shartnomani 2025 yilga qadar uzaytirishni xohlamoqda
04 apr 2022 11:47
Yangiliklar
"Lacio" Sarri bilan shartnomani 2025 yilga qadar uzaytirishni xohlamoqda
"Lacio" bosh murabbiyi Mauricio Sarri Rim klubi bilan kelishuvni uzaytirishni muhokama qilmoqda.
U 2025 yilga qadar shartnoma imzolashi mumkin. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.
"Lacio" xo'jayini va prezidenti Klaudio Lotito allaqachon 63 yoshli mutaxassisning agentiga taklif yubordi.
Sarrining "Lacio" bilan amaldagi bitimi 2023 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.
Rim klubi 2021/22 yilgi mavsum Italiya chempionatida 31-turdan so'ng 52 ochko jamg'argan holda, 6-o'rinda bormoqda.
Fikrlar