"Lacio" Kostich bilan shaxsiy shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi
28 avg 2021 14:54
Yangiliklar
"Lacio" Kostich bilan shaxsiy shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi
"Ayntraxt" yarim himoyachisi Filip Kostich "Lacio"ga o'tishga yaqin.
Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, Rim klubi 28 yoshli serbiyalik futbolchini xarid qilish huquqi bilan ijaraga olishga tayyor.
"Lacio" o'yinchi bilan 2025 yilga qadar shartnoma imzolash bo'yicha shaxsiy kelishuvga erishdi, xavbekning yillik maoshi 2 million evroni tashkil etadi.
Kostich o'tgan mavsum Bundesliga doirasidagi 30ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 17ta assist qayd etdi.
Fikrlar