La Liga. “Sevilya” posboni 90+4 daqiqada gol urib, jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qoldi
21 mar 2021 08:01
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/626527_original.jpg)
![](/upload/storage/626527_220.jpg)
La Liga. “Sevilya” posboni 90+4 daqiqada gol urib, jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qoldi
La Liganing 28-turida “Sevilya” safarda “Valyadolid” (1:1) bilan durangga imzo chekdi.
Uchrashuvning hakam tomonidan qo'shib berilgan 4-daqiqasida mehmonlar posboni Yassin Bunu uchrashuvda muvozanatni tikladi -1:1.
U jamoadoshlari ketma-ket burchak to'pini amalga oshirayotgan vaqtda raqib jarima maydonchasi ichida qolib tupni o'ziga kelishini kutdi. Navbatdagi burchak zarbasidan keyin to'p darvozabonga kelib tushdi va u chap oyoqda chamasi 7 metrlar masofadan mezbonlar darvozasiga gol urdi..
Bunu “Sevilya” tarixida Ispaniya chempionatlarida gol urgan ilk posbon sifatida qayd etiladigan bo'ldi.
Real Valladolid Fabian Orellana - 44' |
LaLiga . 28-tur 21/03/2021, 01:00 1
:
1
Tugadi
|
Sevilla Yassine Bounou - 90' |
Stadion: Estadio Jose Zorrilla, 0 tomoshabin
Bosh hakam: Xavier Estrada
45'
90'
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar