So’nggi yangiliklar

00:27Ёзги транфер ойнасида рекорд даражада кўп трансфер амалга оширилди – ФИФА  1 00:08Англиялик уч нафар футболчи жароҳат сабаб терма жамоанинг сентябрь ойидаги ўйинларини ўтказиб юборади  0 23:45Муҳаммад Салоҳ "Ливерпуль" билан ўз келажаги бўйича музокара ўтказади  1 22:52Қирғизистон термаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда  2 22:16Маурисио Почеттино шу ҳафта янги жойда иш бошлайди  1 21:52ОКМК 120 дақиқа давом этган назорат ўйинида "Олимпик"ни мағлубиятга учратди  2 21:23Отабек Шукуров: "Туркиядаги муаммолар сабаб, клубимни ўзгартиришга мажбур бўлдим. Ҳозир янги клубим эмас, терма жамоамиз манфаати ҳақида кўпроқ қайғурмоқдаман"  5 21:00 Ўзбекистон миллий термаси машғулоти: Ҳусанов, Шомуродов ва Турғунбоев жамоага қўшилди  0 20:44Ўзбекистон миллий терма жамоасининг тўлиқ таркибдаги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  3 20:31Ўзбекистон футзал терма жамоаси Бразилияга қарши иккита ўртоқлик ўйини ўтказади!  5 20:05"Реал"нинг яна икки футболчиси жароҳат олди  0 19:55ЎФА президенти Абдусалом Азизов Ўзбекистон терма жамоаси билан учрашди  8 19:37Дешам: "Килиан Мбаппе робот ёки супермен эмас"  5 19:14Жоан Лапорта: "Флик баҳона изламайди ва бор имкониятидан максимал фойдаланишга уринади"  5 18:50Куман Бергвейннинг "Ал Иттиҳод"га трансфери ҳақида: "26 ёшда пул — асосий мақсадингиз бўлмаслиги керак"  2

Kutilgan inqiroz... Endi nima qilish kerak? Yangiliklar

Kutilgan inqiroz... Endi nima qilish kerak?

Men uchun 2002 yilda tavallud topgan futbolchilarni muvaffaqiyatsizlikka uchragani hech qanday yangilik bo'lmadi.

Hayitdan keyin xina? Kechirasiz, aynan shu joyiga kelganda men 1998 yilgi avlod vakillarining inqirozidan keyin boshlaganman, ish uslubini o'zgartirish kerakligini esa yozib charchaganman. 

Odil Ahmedov bilan Namanganda 2004 yilda tavallud topgan futbolchilarni saralab olishimizda Dilshod Nuraliev bizga ko'maklashdi. Yo'l-yo'lakay 2002 yilda tug'ilgan futbochlilarni ham ko'rib ketishini aytib, 2001 va 2002 yillarda tavallud topgan futbolchilar o'rtasida o'yin tashkil qildik. Bir emas, 4 nafar bola murabbiyga yoqdi. Tezkorlik bilan ularga ovir vizasini qildirdik. Bu to'rtovlonga shu kungacha birov etibor bermagan. Hattoki "Navbahor"ning o'zida ham ularga qarov yo'q edi. Afsuski, Qatardagi yig'in bekor bo'lgach, bu bolakaylarga Evropada bo'lib o'tgan yig'inga vizasini qilishga vaqt bo'lmadi. To'rt kishidan ikkitasi Qatarga ketishi kerak edi. SHunday bo'lsa-da, bu bolalar Qozog'istonda bo'lib o'tgan xalqaro turnirda ishtirok etib qaytdilar. Bunday bolalar kam deysizmi, to'lib yotibdi. Biz-ku boshqa ish bilan borib to'rt kishini topdik, topganda ham terma jamoaga mos o'yinchini topdik, mosiniyam sharoitsiz maktabdan topdik. Faqat juda kech ilg'anlanligi uchun muhim pallada ularning jismoniy holati tayyor emasdi, taktikaga tushish uchun ham vaqt kerak bo'lardi.

O'zbekistondagi BO'SM, IBO'SM, Olimpiya zaxiralari kollejlari, futbol akademiyalari qaerga qarayapti? Nima uchun ular bir dastur asosida ishlamaydilar, nima uchun O'FFning selekciya bo'limi ikki yil avval 2002 yilda tavallud topgan futbolchilarni nazoratga olmadi? Nima O'zbekistonda "Paxtakor", "Bunyodkor" va "Nasaf"dan boshqa maktab yo'qmi? Hamma zo'rlar ulardami? Bo'lmagan gap, ularning aksariyatidagi bolalar o'z yoshidan katta. SHu o'z yoshidan katta bo'lganlar ham natija qila olmaydigan holatga tushib qolganimizga faqat va faqat o'zimiz sababchimiz! SHu tizim bizga keyingi 10 yillik uchun o'rtahol futbolchilarni taqdim etib bo'ldi. Endi yangi tizim keyingi, yani 2025/27 yillar uchun yaxshi saviyadagi o'yinchilarni etishtirib berishi uchun hozirgi tizim bergan futbolchilar bilan chalg'ishga majbur bo'lamiz. Bolalar futboli haqida ko'p gapirildi.

Nima uchun har bir viloyatda hududiy chempionatlar yo'q, o'smirlar o'rtasida? Nega murabbiyning har bir viloyat bo'yicha maslahatchilari yo'q? Xorij yig'iniga topilgan pul, nega mahalliy yig'inlarga, selekciya ishlariga ajratilmaydi? Ikki yil davomida terma jamoa necha marotaba xorijga chiqdi? SHu yig'inlarning hech bo'lmasa bittasining harajati ichki selekciyaga ajratilganida edi, biz hozir Osiyo chempionatida bo'lardik. 

Bo'lar ish bo'ldi, yangi tizim ishga tushish arafasida. Kechagi natija shuni ko'rsatdi-ki, biz baribir bolalar futbolidan ishni boshlashimiz kerak. 2004lardan boshlaymizmi? Boshlash kerak, ammo ularning ham aksariyatini yoshlari allaqachon "urib" bo'lingan. Bu avlod bilan selekciya ishlarini to'g'ri olib borgan holda bo'lar-bo'lmas yig'inlarni kamroq o'tkazib, asosan ichki chempionatni yo'lga qo'yishimiz kerak. 2006lar bilan esa umuman boshqacha ish qilinishi kerak. Bu bolakaylar hali pasport olmagan. Yoshlari ham top-toza (hozircha). Bu avlodga pul tiksa bo'ladi. Bularni hozirdanoq mahalliy chempionatlarda chiniqtirib, har bir viloyatga selekcionerlarni tayyorlash kerak. Lekin afsuski, Toshkentdan boshqa birorta viloyatda davriy bosqichni o'z ichiga oladigan chempionat yo'q. Asil fojeamiz mana shunda. Bizda viloyatlarda o'tkaziladigan bir oylik chempionatlar ish bermaydi, bizga 6-7 oylik chempionatlar kerak. Yangilangan O'FF aynan shu loyiha ustida ish olib borishi lozim. 

Xayrulla Xoliqovning maqolasi ko'pchilikka yoqmagan edi. U bolalar futboli ichida yurgan kishi sifatida aytdi, O'zbekiston terma jamoasi muntazam ravishda JCHlarda qatnashishi kerak deb. Bu bilan u asosiy maqsad o'sha bo'lishi kerak demagan. Agar bolalar futbolida Yaponiya va Koreyaga o'xshab to'g'ri ishlansa, JCHlarga oddiy holat bilan chiqamiz, ikkinchi tarkibimiz ham Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli yurish qila olishi haqida edi mazmuni. O'zbekistonda bunga erishish mumkin. Bu alohida mavzu, o'zi umuman olganda nima uchun bizda 15-16 yoshgacha yaxshi futbolchilar bo'lishi, keyin yo'q bo'lib ketishi bu katta maqola, vaqt bo'lganda albatta yozaman...

Nodirxo'ja Yuldashev.


Reyting: -27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика