Kuman Messining "Barselona"da qolishiga ishonchi komil emas
03 fev 2021 18:00
Yangiliklar


Kuman Messining "Barselona"da qolishiga ishonchi komil emas
"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman Lionel Messining Kataloniya klubidagi kelajagi haqida gapirdi.
"Messining qolishiga ishonchim komil emas. Ammo men uning qolishiga umid qilaman, u hali ham ajoyib o'yinchi, Leo biz uchun, jamoa uchun o'yinlarni yutadi.
Men uni shug'ullantirishdan mamnunman. Uni har kuni mashg'ulotlarda kuzatish - ajoyib.
U hali yosh bola bo'lgan payti "Barselona"ga kelgan. Men hali ham Leo Messini boshqa biror bir klub libosida ko'rmayapman", - deydi mutaxassis.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar