36 yoshli Perishich "Barsa"ga o'tmoqchi
11 iyu 23:26
Yangiliklar
Avvalroq, Xansi Flik ham o'yinchiga qiziqish bildirganini va u bilan transfer bo'yicha suhbatlashganini xabar qilingan edi. Murabbiy xorvat futbolchisini "Bavariya"dagi faoliyatidan yaxshi taniydi. O'tgan mavsumda 36 yoshli yarim himoyachi PSV uchun o'ynagan va agar shartnomani uzaytirmasa, 1 iyuldan boshlab erkin agent bo'ladi.
Hozirgi vaqtda Perishich "Barselona"ni biroz kutishni maqul ko'rmoqda, shu sababli Niderlandiya klubi bilan kelishuvni uzaytirishni orqaga surdi, deb xabar bermoqda jurnalist Santi Auna.
O'tgan mavsumda futbolchi 11 ta gol urdi va 11 ta golli uzatma berdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar