Perishich: "Ronaldu 5ta JCHda hech narsa yutmadi. Messi ham 5-urinishini amalga oshirmoqda, biroq Xorvatiya 100%ga tayyor"

Aslanov Jasurbek
12 dek 2022, 22:24
Xorvatiya terma jamoasi xavbeki Ivan Perishich Argentinaga qarshi bo'lib o'tadigan JCH-2022 yarim final bahsi haqida fikr bildirdi.

"Biz Ronaldusi bor Portugaliya mag'lub bo'lganini ko'rdik, Krishtian 5ta JCHda ishtirok etib, hech narsa yuta olmadi.

Messi ham 5-urinishini amalga oshiryapti va g'alaba uchun hamma narsa qiladi, biroq 100%ga tayyormiz, chunki sovrinni qo'lga kiritishni xohlaymiz.

Bu kurashlarga boy erkakcha futbol bo'ladi" - dedi Perishich.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Jutarnji List